10:20 / 01.07.2015
2287

Toshkentda MITA-2015 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahrida “Multimedia, axborot texnologiyalari i ilovalar” – MITA-2015 XI xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 30 iyun kuni ochilgan ushbu tadbirda O‘zbekistonning hamda boshqa davlatlar, jumladan, AQSh, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjonning yirik korxonalari vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Forum Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Janubiy Koreya multimedia jamiyati, Pikyong milliy universiteti, Dongguk va Ulsan universitetlari tomonidan tashkil etildi.

Konferentsiyadan ko‘zlangan maqsad multimedia va axborot texnologiyalari sohasidagi oxirgi yangiliklarni namoyish qilish hamda turli davlatlar mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdir.

Forum davomida yangi innovatsion g‘oyalar, multimedia va axborot texnologiyalari ishlanmalarini joriy qilish masalalari muhokama qilinadi.

Top