Jahon | 00:09 / 01.07.2015
4077
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududda rekord darajadagi kontrabanda ushlab qolindi

Ukraina Xavfsizlik xizmati Davlat fiksal xizmati, militsiya va chegarachilar bilan birgalikda maxsus operatsiya o‘tkazishi natijasida aksilterrorchilik operatsiyasi boshlangandan beri eng katta oziq-ovqatlar kontrabandasi partiyasi – 11 ta vagonda 700 ming tonna oziq-ovqatni ushlab qoldilar.

30 iyunda Ukraina xavfsizlik xizmati Ukraina nazoratida bo‘lmagan hudud orqali poyezdda 11 ta vagonda metallurgik shlak ostida 700 tonna oziq-ovqat olib o‘tilmoqchi bo‘linganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, oziq-ovqatlar ayirmachilar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorchilikni moliyalashtirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish