Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik er xotirasini yo‘qotib qo‘ygan rafiqasiga ikkinchi marta uylanadi
AQShda istiqomat qiluvchi Jyeremi Stemper o‘z rafiqasi xotirasini yo‘qotib qo‘ygani uchun u bilan ikkinchi marta to‘y marosimini o‘tkazadi. Bu haqda CBS News xabar bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yili ularning birinchi nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan, shundan ko‘p vaqt o‘tmay, Jastin Stemper yo‘l transport hodisasiga uchrab, xotirasini yo‘qotgandi. U o‘z eriga bo‘lib o‘tgan to‘ylarini eslay olmayotganini bildirgan.
O‘z rafiqasi uchun bu qanchalik muhim ekanini bilgan Jyeremi esa Jastin bilan yana bir marta nikoh marosimini o‘tkazishga qaror qildi. U shu maqsadda zarur mablag‘ni berish uchun CoFundMe saytiga e'lon beradi. Ayni vaqtda u 5 ming dollar to‘plagan.
Ushbu juftlikning ikkinchi marta to‘y marosimi 2015 yilning 1 avgust kunida, ya'ni birinchi marosimning bir yilligi kunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.