Jamiyat | 00:13 / 02.07.2015
5507
1 daqiqa o‘qiladi

Jim Kerri Kaliforniya gubernatorini “korporativ fashist” deb atadi

Gollivudlik aktyor Jim Kerri 2016 yildan Kaliforniya shtatida maktab o‘quvchilarini majburiy emlash haqidagi yangi qonunni tanqid qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Aktyorning fikricha, ushbu qarorni imzolagan Kaliforniya shtati gubernatori Jyerri Braun bolalarni sifatsiz emlash bilan zaharlanishiga sabab bermoqda. “Bu korporativ fashistni to‘xtatish kerak”, deb yozdi Kerri o‘zining mikroblogida.

Jim Kerrining sobiq ma'shuqasi Jyenni Makkarti emlashga qarshi taniqli kurashchi hisoblanadi. Makkartining fikricha, uning o‘g‘lidagi autizm kasali aynan emlash sababli rivojlangan.

Yangi qonunga ko‘ra, diniy qarashlarga ko‘ra emlashni rad etib bo‘lmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish