06:56 / 02.07.2015
4928

Kuba AQShdan Guantanamodagi harbiy bazani qaytarishni talab qilmoqda

Kuba AQShdan Guantanamodagi harbiy baza ustidan nazoratni qaytarishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kuba vakillari Guantanamodagi harbiy bazaning Kubaga qaytarilishi va mamlakatga 50 yil avval qo‘yilgan iqtisodiy embargoning olinishini talab qilishmoqda.

Bu talabning qondirilishi ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tiklangandan keyingi munosabatlarning to‘liq normallashganidan darak beradi.

Avvalroq 20 iyulda AQShning Kubadagi elchixonasi ochilishi ma'lum qilingandi.

Top