12:44 / 02.07.2015
6383

Olmaliqda Rossiya kompaniyasi taqdim etgan tegirmonlar montaji boshlandi

2015 yilning may oyida Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida Rossiyaning “Tyajmash” OAJ taqdim etgan tegirmonlari montaji boshlandi.
Aytilishicha, ayni paytda ishlarning bir qismi tugallangan. Jumladan, tegirmonlarning ikkita toshi joyiga o‘rnatilgan. Oxirgi, eng yirik tegirmon montaji ustida ish olib borilmoqda.
Loyiha “Tyajmash” zavodi tomonidan amalga oshirilmoqda. Korxona O‘zbekistondagi misni boyitish fabrikasi rekonstruksiyasi loyihasining asosiy pudratchisi va loyihachisidir. 2012 yil oktabrida imzolangan shartnomaga ko‘ra, zavod uchta ruda maydalovchi tegirmon yasab, ularni O‘zbekistonga yubordi. Qo‘shimcha ravishda avtomatlashtirilgan konveyer kompleksi va boshqa texnologik jihozlar yetkazib berildi.
Korxona taqdim etgan texnikaning samaradorligi yiliga 7 mln tonna mis rudasini qayta ishlash imkoniyatini beradi.

Top