Jahon | 17:56 / 02.07.2015
4275
1 daqiqa o‘qiladi

Pushkov: Rossiya Ukrainadan farqli ravishda G‘arbga sig‘inmaydi

Rossiya Davlat dumasining xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Aleksey Pushkov Rossiyaning Ukrainadan yana bir farqi sifatida bu davlat G‘arbga sig‘inmasligini aytib o‘tdi. Pushkov bu fikrini o‘z tvitterida ifodalagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik siyosatchilar Rossiya bilan parlamentar aloqalarni to‘xtatib, katta xatoga yo‘l qo‘yishgan.

"Rossiya G‘arbga sig‘inuvchi Ukraina emas. Rossiyaga butunlay boshqacha mezonda baho berish kerak", deb yozadi Pushkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish