10:31 / 02.07.2015
3332

Qirg‘iziston bosh vaziri giyohvandlik nazorati idorasi rahbari va uning barcha o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev giyohvandlik nazorati bo‘yicha davlat xizmati rahbari Alimboy Sultonovni va uning uch o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi.

Bu borada hukumat tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytilishicha, dastlab xizmat faoliyatini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra idora rahbariyatini o‘zgartirishga qaror qilingan.
Avvalambor, rahbarlar o‘rtasidagi ixtilof xizmat faoliyatining samaradorligiga to‘sqinlik qilgan. Shu bois oxirgi paytlarda hech qanday jiddiy tadbirlar va ishlar amalga oshirilmagan.
Xizmatning yangi rahbari etib ichki ishlar boshqarmalaridan birining boshlig‘i Rafiq Mambetaliyev tayinlandi.

Top