11:02 / 02.07.2015
3961

Toshkentda arzon shakar sotish bahonasida 7 mln so‘m undirgan qallob qo‘lga olindi

Toshkentda arzon shakar sotish bahonasida 7 mln so‘m undirgan qallob qo‘lga olindi
Toshkentlik Sabohat ismli ayol dugonasini aldab, katta pulga tushirgani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Sabohat go‘zallik salonida ishlaydigan Faridaning doimiy mijozi bo‘lgan. Bir kuni u Faridaning singlisini tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yish bahonasi bilan undan 500 dollar olgan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Sabohat dugonasiga arzonga 40 qop shakar olib berishini aytgan. Farida ota-onasi bilan birga Sabohatga 6.8 mln so‘mni qo‘shqo‘llab topshirgan. Ammo shundan so‘ng Sabohat turli bahonalar bilan ulardan qochadigan bo‘lib qolgan.
Farida huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. O‘tkazilgan qisqa tekshiruvdan so‘ng qallob qo‘lga olinib, pullar egasiga qaytarildi.

Top