Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:06 / 02.07.2015
3045
1 daqiqa o‘qiladi
Tunisdagi teraktda gumon qilinayotgan 12 kishi qo‘lga olindi
Tunis hukumati Susa shahridagi qo‘poruvchilik harakatini ijro qilishda gumon qilinayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
26 iyun kuni bir guruh odamlar shahardagi mehmonxonalardan biriga bostirib kirib, chet ellik sayyohlarni o‘qqa tutgan edi. Terakt oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi.
Ayni paytda yana ikki nafar jangari qidirilmoqda. Ular nafaqat mehmonxonaga, balki Bardo muzeyiga uyushtirilgan hujumga ham aloqadorlikda gumon qilinmoqda.