14:46 / 02.07.2015
2956

"Uimbldon" musobaqasi o‘tkazilayotgan kortlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning London shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” tennis turniri hududida yong‘in chiqdi. Bu haqda The Daily Mail xabar qildi.

Markaziy kortdan ishtirokchilar, ko‘ngillilar, muxlislar va boshqa kishilar yong‘in haqidagi signaldan keyin evakuatsiya qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in texnik xonalardan birida kelib chiqqan. London o‘t ochirish xizmati bu muammoni tezlik bilan bartaraf etgan.

Evakuatsiya qilish jarayonida 3 ming nafar atrofidagi kishi hududdan olib chiqilgan.

Yong‘inga London shahrida kuzatilayotgan rekord darajadagi issiq tufayli texnik jihozlarning haddan ortiq qizib ketishi sabab bo‘lgani aniqlangan.

Tashkilotchilar bu hodisa kunning ikkinchi qismida o‘tkaziladigan bahslar grafigiga ta'sir qilmasligini aytishdi.

Ma'lumot uchun, Uimbldon tennis turniri 1877 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi bahslar 29 iyun kuni boshlangan bo‘lib, 12 iyul kunigacha davom etadi.

Top