Sport | 17:56 / 03.07.2015
1546
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Falkaoning ijaraga olinganini rasman tasdiqladi

«Monako» klubi hujumchisi Radamel Falkao yangi mavsumdan boshlab Angliyaning amaldagi chempioni «Chelsi» klubi safida to‘p suradi.

Londonliklar rasmiy saytining yozishicha, kolumbiyalik futbolchi 2015-2016 yillarda «aristokratlar» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarqatilgan xabarga ko‘ra, «Chelsi» va «Monako» o‘rtasidagi ijara shartnomasiga ko‘ra, keyingi mavsumda Falkaoni 50 mln. yevro evaziga sotib olish huquqi londonliklar ixtiyorida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish