Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShIDning rahbarlaridan biri Suriyadagi aviazarbalarda halok bo‘ldi
IShID guruhining rahbarlaridan biri Suriyada amalga oshirilgan aviazarbalarda halok bo‘ldi, deb xabar berdi Pentagon vakili Jyeff Devis.
Uning so‘zlariga qaraganda, Tariq bin Tahor al-Avniy al-Harziy 16 iyun kuni mamlakat shimolidagi Shaddodiy shahrida o‘ldirilgan. Uning ukasi Ali bir kun oldin Iroqda yo‘q qilingan edi.
Al-Harziy yangi jihodchilarni yollash va pul to‘plash ishlari bilan shug‘ullanib kelgan.
Pentagon rasmiylarining fikricha, al-Harziyning yo‘q qilinishi IShIDga berilgan jiddiy zarba bo‘ldi. Jumladan, endi guruh xorijlik ko‘ngillilarni Iroq va Suriyaga o‘tkazishda jiddiy qiyinchiliklarga uchraydi.