12:31 / 05.07.2015
2500

Futbol bo‘yicha Angliya ayollar terma jamoasi Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Angliya ayollar terma jamoasi Kanadada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Inglizlar musobaqaning 3-o‘rini uchun Germaniya termasiga qarshi uchrashuvda qo‘shimcha vaqtda g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Chempionatning bronza medallari uchun uchrashuv 1:0 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni Fara Uilyams o‘yinning 108-daqiqasida kiritdi.

5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida Yaponiya va AQSh terma jamoalari musobaqaning eng oliy mukofoti uchun kurashadi.

Top