05:57 / 05.07.2015
4341

WikiLeaks AQShning Braziliya rahbariyati ortidan kuzatgani haqidagi ma'lumotlarni chop etdi

WikiLeaks AQSh razvekdasi Braziliyaning yuqori lavozimli amaldor shaxslari ortidan bir necha yillar davomida olib borgan kuzatuvlari haqidagi AQSh Milliy xavfsizlik agentligining maxfiy ma'lumotlarini chop etdi.

Jumladan, 29 nafar siyosatchi va Braziliya iqtisodiy sektorining arboblari telefonlari tinglangani ma'lum bo‘ldi. Ular orasida bir necha vazirlar, Braziliyaning AQShdagi elchisi va mamlakat prezidenti Dilma Rusef ham bor.

Qayd etilishicha, MXA, shuningdek, Braziliyaning bir nechta davlatlardagi elchixonalari va prezident samolyotini ham nazorat ostiga qo‘ygan.

Top