08:11 / 06.07.2015
2115

Bag‘doddagi portlashlar oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Bag‘dodning shialar yashaydigan dahasida va shahar chetida bombalar portlatilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.

Birinchi bomba 5 iyul kechki payt shaharning sharqiy qismida joylashgan shialar yashaydigan al-Oboydiy dahasida qahvaxona oldida portlatildi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va yana 14 kishi yaralandi.

Bag‘doddan janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan Jisr Diyola shaharchasida kichik restoran oldida yana bitta bomba portlatildi. Natijada 4 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi.

Avvalroq avtobus bekatlaridan birida portlatilgan bomba oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, 9 kishi yaralangan edi. Yana bitta bomba Bag‘dodning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Shulla tumanidagi avtobus bekatlaridan birida portlatildi, oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi.

Iroq davlat gospitallari halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi.

Top