22:27 / 06.07.2015
2751

Bahodir Nasimov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin

O‘zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Usmon Ibodovning tvitter orqali xabar berishicha, hujumchi bilan Qatarning "Al Garafa" klubi qiziqish bildirgan.

"Sardor Rashidovdan keyin Qatarda yana bir legionerimiz paydo bo‘lishi mumkin. Bahodir Nasimov «Al Garafa» klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Kelishuv amalga oshsa, terma jamoamiz hujumchisi yangi mavsumni Qatar Yulduzlar Ligasida boshlaydi. Shuningdek, Bahodir Nasimovga Oliy Liga jamoalari hamda Qozog‘iston va Ozarbayjon klublaridan ham takliflar bor", - deydi Usmon Ibodov.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Nasimov o‘tgan mavsumni Eronning "Padideh" jamoasida o‘tkazgan edi.

Manba:uff.uz

Top