Jahon | 21:35 / 06.07.2015
7369
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Qirg‘iziston prezidenti va Turkiyaning sobiq prezidenti bilan Ostonadagi lazer shouga tashrif buyurishdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tayotgan I zamonaviy san'at va texnologiyalar festivali Astana Art Fest va multimediali lazer-pirotexnik shouga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Nazarboyev matbuot xizmati.

“Qozog‘iston prezidenti EXPO-2017 ko‘rgazmasining g‘oyasini aks ettiruvchi Ostonadagi Astana Art Fest festivali tematik hududlari: “Olov energiyasi”, “Suv energiyasi” va “Havo energiyasi”ni ko‘zda kechirdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, festivalda Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, AQSh, Rossiya va Qozog‘istonning innovatsion installyatsiyalari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, fvestivalda bolalar ijodiyoti master-klasslari, kelajak energiyasi salohiyati haqida so‘zlovchi ko‘cha teatr tomoshalari va o‘quv seminarlari tashkil etilgan.

Nazarboyev Qirg‘iziston prezidenti Olmosbek Atamboyev va Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulla Gul bilan lazer-pirotexnik shouga tashrif buyurdi.

Yesil daryosida o‘rnatilgan sahna maydonchasida xoreografik sahnalashtirishlar, qozoq milliy musiqasi va mumtoz kompozitsiyalarni zamonaviy ko‘rinishda ijro etgan simfonik orkestr chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Shou davomida suv yuzasidagi ekranda Ostona shahri kuni bilan shaharga turli tillarda bildirilgan tabriknomalar aks ettirildi, suv arkalari va favvolarda yangi yorug‘lik-lazer texnologiyalari yordamida Ostonaning tanish qiyofalari tasvirlandi.