13:14 / 06.07.2015
5216

O‘zbekistonlik ishchi Petropavlovsk–Kamchatskdagi qurilish maydonida halok bo‘ldi

Petropavlovsk – Kamchatsk shahridagi «Globus» savdo markazi binosi yaqinida joylashgan qurilish inshootlaridan birida 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Vseti-Petropavlovsk nashri xabar tarqatmoqda.

Manbada yozilishicha, Rossiya tergov qo‘mitasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2 iyul payshanba kuni mazkur qurilish obektida ishlaydigan akasini ko‘rgani kelgan o‘zbekistonlik fuqaro 5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikka tushib ketgan va bir necha og‘ir tan jarohatlari olgan.

Qurilish hududiga tezda tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va ular fuqaroni mahalliy kasalxonalardan biriga olib ketish jarayonida jabrlanuvchi halok bo‘lgan.

Hozirda mazkur o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza jarayonlari olib borilmoqda.

Top