19:10 / 06.07.2015
10573

Permda yarim yalang‘och giyohvand masjidni ostin-ustun qildi

5 iyulda kechki soat 18:00 larda Rossiyaning Perm shahridagi Osinskaya va Monastirskaya ko‘chalari kesishmasidagi masjidga egnida bitta shortik bo‘lgan bir erkak bostirib kirgan. Guvohlarning aytishicha, u o‘zini beboshlarcha tutib, “Alloh buyuk” deb baqirib, titroq bosgan holda, yuzi esa ko‘k-oqish rangda bo‘lgan.

Politsiyada ta'kidashlaricha, erkak masjiddagi ikkita eshikni tepib sindirgan hamda ko‘chaga yugurib chiqib, “tez yordam” chaqirishni so‘ragan. Aniqlanishicha, erkak giyohvand modda iste'mol qilish oqibatida mast holatda bo‘lgan. To‘polonchi tibbiy muassasaga yotqazilgani ma'lum qilinmoqda.

Top