16:34 / 06.07.2015
12506

Tana rangi turlicha yangi egizaklar haqida xabarlar paydo bo‘ldi

Britaniya OAVda yozilishicha, tanalarining rangi boshqacha bo‘lgan yangi egizaklar juftligi aniqlandi. The Daily Mail nashri ularning nomini keltirdi – G‘arbiy Londonda yashovchi to‘rt yoshli Bobbi va Rayli Jorjlar. Ularning onasi oq tanli Ebigeyl Tang hamda otasi aralash irq vakili Richard Jorjdir.
Egizaklardan birinchisi – Bobbining tanasi oq rangda, ko‘zlari ko‘k, Rayli esa qora tanli, ko‘zlari jigarrang.
Egizaklar 2011 yil oktabrida dunyoga kelgan. Dastlab ular bir xil ko‘ringan. Tashqi ko‘rinishdagi farqlar 6 haftada ko‘zga tashlana boshlagan. Egizaklarning fe'l-atvorlari ham turlichadir: Bobbi borgan sayin mustaqil va faol bolakayga aylanib borayotgan bo‘lsa, Rayli, aksincha, kamharakat va erinchoqdir.
Juftlikning 17 oylik Ameliya ismli qizi ham bor. Aytishlaricha, qizaloq qisman otasiga, qisman onasiga o‘xshaydi.

Top