Jahon | 19:16 / 06.07.2015
3238
1 daqiqa o‘qiladi

Xabarovsk o‘lkasida Su-24M samolyoti falokatga uchradi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida Xurba aerodromi yaqinida Su-24M bombardimonchi samolyoti reja bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirish paytida havoga ko‘tarilayotganda qulab tushdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Falokat oqibatida samolyotdagi ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, samolyot kimsasiz hududga tushgan, hech qanday vayronagarchiliklar ro‘y bermagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish