11:11 / 07.07.2015
2551

2015 yilning I yarim yilligida Beeline call-markazi 26 milliondan ziyod murojaatlarga javob berdi

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2015 yilning birinchi yarmidagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Beeline call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan yilning birinchi yarmida 26 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. So‘rovlarning mavzusiga kelsak, eng ommabop murojaatlar to‘lov usullari, Internet paketlar va mobil Internet sozlamalari, qo‘shimcha xizmatlar, USSD-kodlar va tarif shartlari haqida bo‘ldi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari v.b. G‘ayrat Mahkamov shunday dedi: “O‘tgan yilning yarim yilligi bilan mazkur yilning yarim yilligini solishtirsak, murojaatlar soni sezilarli darajada pasayganini kuzatish mumkin. Bu esa abonentlarning xizmatlar haqida xabardorligi, shuningdek Beeline xizmatlari ularga maqul kelishidan dalolat beradi. Kompaniyaga bo‘lgan ishonchning o‘sishi esa mujozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etishga undaydi”.

Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz noyob chatdan, shuningdek 0621 SMS-qo‘llab-quvvatlash xizmatidan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Status mijozlariga va Beeline Club a'zolariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi. Internet-servislar orqali maslahat olish uchun 0611@beeline.uz elektron manziliga maktub yuborish, shuningdek quyidagi havola bo‘yicha http://mobile.beeline.uz/ru/main/help/faq.wbp Kompaniya sayti orqali so‘rov jo‘natish mumkin.

Top