06:32 / 07.07.2015
3821

Arda Turon «Barselona» futbolchisiga aylandi

"Atletiko" klubining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turon o‘z faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Bu haqda kataloniyaliklarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, futbolchi uchun kataloniyaliklar "Atletiko"ga 34 million yevro to‘lashgan. Shuningdek, Arda Turon "Barselona"da muvaffaqiyatli o‘ynab ketishi evaziga "Atletiko" yana 7 mln yevroni bonus sifatida olishi mumkin.

Yaqin vaqt ichida futbolchi "Barselona"da tibbiy ko‘rikdan o‘tib, besh yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda.

"Barselona"ga qo‘llangan taqiq tufayli Arda Turon 2016 yilning yanvariga qadar yangi jamoasi tarkibida maydonga tusha olmaydi.

Qayd etib o‘tish joizki, bu futbolchi uchun "Barselona"dan tashqari, "PSJ", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham jiddiy kurash olib borishdi.

Top