19:29 / 07.07.2015
7694

Poytaxtdagi voqea: mehmonlar mezbonning uxlab qolganidan foydalanib, 90 mln so‘mlik taqinchoqlarni o‘marib ketishdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Natasha ismli ayolning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIB matbuot xizmati axborot berdi.
Natashaning mehmonlari – Rifat va Rigina mezbonning uxlab qolganidan foydalanib, uning uyidagi 13 xil jami 90.896 mln so‘mlik ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketishdi.
Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida o‘g‘rilar qo‘lga olinib, qimmatliklar egasiga qaytarildi.

Top