Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning adashi Bryansk viloyat dumasiga o‘z nomzodini qo‘ydi
Rossiya prezidentining to‘liq adashi – Vladimir Vladimirovich Putin Bryansk viloyat dumasi saylovlarida ishtirok etadi, deb xabar beradi TASS agentligi.
Saylov komissiyasi vakillari 1963 yili tug‘ilgan siyosatchi Putinning Volodarsk tumanidagi 9-sonli saylov uchastkasidan nomzod ekanligini tasdiqlashdi.
Vladimir Putin biror-partiya nomzodi emas, u “Monolit-Komplekt” MChJ direktoridir.
O‘tgan yili u deputatlikka nomzodini “Rodina” partiyasidan ko‘rsatmoqchi bo‘lganida unga rad javob berilgan edi. O‘shanda Putin “R-Upravleniye mexanizatsii” MChJ ekspluatatsiya sexida mexanik bo‘lib ishlar edi.