Jahon | 10:18 / 08.07.2015
7496
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Gretsiyaning Yevrozonadan chiqishiga tayyorlana boshladi

Yevrokomissiya Gretsiyaning Yevrozonadan chiqishi ssenariysi ustida ish boshladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker ma'lum qildi.

“Men buni istamayman, lekin oldini ham ololmayman, Gretsiya kerakli ishni qilishi kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

O‘z navbatida, Fransiya prezidenti Fransua Olland referendum yakunlari mamlakatni majburiyatlardan ozod qilmasligini ta'kidlab o‘tdi. “O‘z majburiyatlariga mas'uliyat bilan yondashish, mana shuni biz Gretsiyadan kutmoqdamiz”, – ta'kidladi u.
Gretsiyaning Yevrozonada qolishi uchun mamlakat rahbariyati tegishli qarorlarni qabul qilishi kerak.

8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Yevrozona davlatlari sammiti ishtirokchilari Gretsiyaning zimmasiga 9 iyulga qadar o‘z islohotlar dasturini e'lon qilish vazifasini yukladi. Dastur o‘z navbatida Yevroguruh tomonidan muhokama qilinadi.
Shuningdek, sammitda masalani murosa yo‘li bilan hal qilish, Yevrozonaning barqarorligini ta'minlash borasida kelishuvga erishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish