15:50 / 08.07.2015
9207

Namanganlik valyutafurush 8 ming dollarni sotayotganida qo‘lga tushdi

SVOJJDLQK departamentining Namangan shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar Tursunboy Husanov va No‘'monjon Ismatovlar joriy yilning yanvar oyida Nasiba Almatovaga 7.9 ming dollarni 30 mln so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
7.9 ming dollar va 2.776 mln so‘m hamda pul sanash apparati ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. Ular sud tomonidan davlat foydasiga musodara qilindi.

Top