15:15 / 08.07.2015
5557

O‘zbekistonlik chegarachilar Qirg‘izistondan kontrabanda mollarining olib kirilishiga yo‘l bermadi

Farg‘ona viloyati chegarachilari tomonidan Qirg‘iziston hududidan 4 mlrd so‘mlik noqonuniy mollarning olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Joriy yilning ikkinchi choragida Qirg‘izistonning Batken viloyati bilan chegarada 340 shunday holat kuzatildi. Bu holatlarning asosiy qismi Qadamjoy nazorat o‘tkazish punktiga to‘g‘ri kelgan. Har bir fakt bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Yuqoridagi faktlardan 10tasi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ularda 181 mln so‘mdan ortiq mollarning noqonuniy olib kirilishi jinoiy harakat sifatida baholangan.
Bininchi yarim yillik natijalariga ko‘ra qo‘shni respublikadan O‘zbekistonga noqonuniy mollarni olib kirishga bo‘lgan 854 holatga chek qo‘yilgan. 21 holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top