Jahon | 17:24 / 08.07.2015
4784
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya va Xitoy qiyinchiliklarni birgalikda yengadi

Rossiya iqtisodiyot va tashqi siyosatda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ammo Xitoy bilan birgalikda harakat qilib, ularni yengib o‘tishiga ishonadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

“Biz oldimizda turgan qiyinchiliklarni yaxshi tushunib turibmiz, ammo kuchlarimizni birlashtirsak, biz albatta muammolarimizni hal qilamiz”, – dedi u XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv chog‘ida.
Putin Tszinpinni Ufada kutib olib, unga BRIKS va ShHT sammitida ishtirok etishga rozi bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish