14:32 / 09.07.2015
4303

Alves o‘tgan mavsumda Enrike hamda Messi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nizoli vaziyatni esladi

"Barselona" jamoasining braziliyalik himoyachisi Dani Avles 2015 yilning qishida jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike hamda jamoaning asosiy yulduzi Lionel Messi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilik haqidagi fikrlarini gapirib o‘tdi.

U o‘sha vaziyat sportda ro‘y beradigan odatiy "kurash" bo‘lgani haqida gapirgan.

"Ba'zida ishni qanday qilish borasida fikrlar to‘qnashuvi yuz beradi. Bahslar orqali eng yaxshi yo‘l tanlanishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘sha kunlarni janjalli kunlar deb atamagan bo‘lardim. O‘sha kunlarda bu ikki shaxs o‘rtasida "sportcha kurash" kechgandi. O‘sha voqealar mashg‘ulot vaqtida, jamoa ikki guruhga bo‘linib, o‘ynayotgan vaqtida ro‘y berdi. O‘shanda o‘yin taktikasi bo‘yicha bosh murabbiy boshqa fikrda, Messi esa boshqacha fikrda edi. Lekin oxir oqibat bu bahs bir maqsadda, o‘yinlarda g‘alaba qozonish maqsadiga qaratilgandi. Axir, eng namunali oilalarda ham bunday bahslar uchrab turadi", deydi Alves Bola da Vez nashriga bergan intervyusida.

Top