Baltimor politsiyasi boshlig‘i Entoni Betts shaharda qotilliklar soni ko‘payib borayotgani tufayli o‘z xizmat lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
Baltimor meri Stefani Roulins-Bleyk 2012 yilda shahar politsiyasi boshlig‘i qilib tayinlangan Bettsni ko‘p sondagi shov-shuvli qotilliklar tufayli lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi.
Bu davr mobaynida qo‘zg‘atilgan ishlardan ko‘pchiligi jamiyatda katta ovozaga ega bo‘ldi va jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.