07:32 / 09.07.2015
3783

Berluskoni senatorlarga pora berish ishi bo‘yicha uch yilga ozodlikdan mahkum etish jazosiga tortildi

Neapol sudi Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonini senatorlarga pora berish ishi bo‘yicha uch yilga qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda La Stampa gazetasi tvitterda ma'lum qildi.

Avvalroq Neapol prokuraturasi ushbu korrupsiya ishi bo‘yicha Berluskoniga 5 yillik qamoq jazosi berilishini talab qilgan edi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2007 yilda Berluskoni senatorlarga pora berish orqali o‘sha paytda Romano Prodi tomonidan boshqarilgan hukumatning iste'foga chiqishiga erishishga harakat qilgan.

Qonun bo‘yicha birinchi instansiya sudining qaroriga e'tiroz bildirish mumkin va u zudlik bilan amalga oshirilmaydi.

Top