08:06 / 09.07.2015
2187

Krasnoyarsk o‘lkasidagi YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Krasnoyarsk o‘lkasining Balaxtinskiy tumanidagi M-54 "Yenisey" trassasining 143 kilometrida "Krasnoyarsk-Qyzyl" yo‘nalishida qatnovchi avtobus hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan mikroavtobus to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Hodisa tafsilotlari o‘rganildi, "Krasnoyarsk-Qyzyl" yo‘nalishida qatnovchi avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lesobirsk-Shushensk yo‘nalishida ketayotgan rusumli yo‘lovchi avtobusga borib urilgan. Halok bo‘lgan 11 kishi mikroavtobus yo‘lovchilari edi. Hodisa sababchisi bo‘lgan avtobus haydovchisi hamda ushbu avtobusdagi 8 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan", deb ma'lum qiladi hudud IIV matbuot xizmati boshlig‘i Irina Mujyetskaya.

Mikroavtobusda jami necha kishi bo‘lganiga hozircha aniqlik kiritilmadi.

Top