13:28 / 09.07.2015
6604

Qarshilik talaba kartoshka terish agregatini takomillashtirdi

Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti talabasi Nurbek Rashidov kartoshka terish agregatini takomillashtirdi. Uning qo‘llanilishi ko‘p tomonlama mehnat samaradorligini oshirishi ta'kidlanmoqda.
“Hosil terish texnologiyasining yutuq va kamchiliklarini o‘rganib, yangi uskuna yaratishga kirishdim, – uning so‘zlarini keltiradi Telegraf.uz sayti. – O‘qituvchilar ham katta yordam berishdi, ulardan ko‘p maslahat oldim. Natijada kartoshkaning yuzasini zararlantirmasdan tera oladigan agregat yarata oldim”.
Agregat Qamashi tumanidagi Sho‘rtepa fermer xo‘jaligida sinovdan o‘tkazildi.

Top