Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bir qator hujjatlarning qabul qilinishi bilan yakunlandi. Ular orasida eng muhimi tashkilotning kengayishi haqidagi qaror bo‘ldi. Muhokamadan so‘ng hujjat a'zo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolandi.
Xususan, Hindiston va Pokistonni tashkilot tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq ularning tashkilot tarkibiga kirishi jarayoni boshlab yuboriladi.
Bundan tashqari, Belarusning kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga esa dialog bo‘yicha hamkor maqomining berilishi bo‘yicha qarorlar imzolandi.