11:15 / 10.07.2015
2952

Windows 7 tizimi smartfonlarda ishlashi mumkinligi aytildi

XDA-Developers forumida ycavan niki ostida ishtirok etuvchi dasturchilardan biri ASUS Zenfone 2 smartfonida Windows 7 dasturiy tizimini ishga tushira olganini ma'lum qildi.
Tizimni dasturchi Android’dagi emulyator orqali ishga tushira olgan. Smartfonni bunga tayyorlash uchun u virtual mashina yaratilishini quvvatlovchi yadro o‘rnatgan. Bundan tashqari, Windows 7 xotira talab qilgani bois kattaroq xotira kartasi o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan.
Smartfonda noutbuk va shaxsiy kompyuterlarda o‘rnatilgan protsessorlar bilan arxitekturasi bir xil Intel protsessorining o‘rnatilgani ham ishni osonlashtirgan. Aytilishicha, Zenfone 2 Windows’ning yangiroq versiyalarini ham qabul qilishi mumkin, negaki amalda u oddiy kompyuterday ishlaydi.

Top