19:55 / 11.07.2015
2550

Serena Uilyams Uimbldon turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslari g‘olibiga aylandi

London shahrida 29 iyun kuni boshlangan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida ayollar o‘rtasidagi musobaqa g‘olibasi aniqlandi.

Hal qiluvchi final uchrashuviga yetib kelgan Yer yuzining birinchi raqamli ayol tennischisi amerikalik Serena Uilyams hamda ispaniyalik Garbin Mugruza bahsida AQSh vakilasi 6:4 va 6:4 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Serena Uilyams o‘z faoliyatida 21-marta "Katta Dubulg‘a" turkumidagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida u Uimbldon turnirlarida oltinchi marta g‘alaba qozondi.

Top