Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:28 / 12.07.2015
2921
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyadagi attraksionlardan birida 22 kishi 40 metr balandlikda qolib ketdi
Ispaniyaning Barakaldo shahridagi istirohat bog‘laridan birida 22 kishi 40 metr balandlikdagi chambarakli arg‘imchoq to‘xtab qolishi natijasida, yuqorida qolib ketdi. Bu haqda El Correo nashri yozadi.
Qayd etilishicha, bu vaqtda attraksionda avariya tizimi ishlamagan. Yuqorida qolib ketgan odamlar o‘t o‘chiruvchilar yordamida yerga tushirib qo‘yilgan.
Shahar rasmiylarining ma'lum qilishicha, bu istirohat bog‘ining faoliyati qonuniy ravishda yo‘lga qo‘yilgan, hodisa odatiy texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish