Jahon | 13:32 / 12.07.2015
1931
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada 1 haftadan buyon MERS virusiga chalinish holati kuzatilmadi

Oxirgi 7 kun davomida Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusiga chalinish holati qayd etilmadi. Bu haqda "Renxap" agentligi xabar bergan.
 
Shu vaqtgacha virusga chalingani aniqlangan 186 kishining 130 nafari sog‘aygani aytilmoqda.
 
Yana 500 nafar kishi karantin holatida qolmoqda.
 
Ma'lumot uchun, may oyida ushbu xastalikning tarqalishidan keyin 36 kishi olamdan o‘tgan.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish