18:29 / 12.07.2015
5351

KXDRda qatl qilingan mudofaa vaziri o‘rniga yangisi tayinlandi

Shimoliy Koreyada armiya generali Pak Yon Sik xalq qurolli kuchlari vaziri etib tayinlandi.

General Pak Yon Sik 12 iyul kuni Laos harbiy delegatsiyasining Pxenyanga tashrifi doirasida tashkil etilgan qabul marosimi doirasida vazir sifatida ishtirok etgan.

 TsTAK agentligining xabar berishicha, Pak Yon Sik xalq qurolli kuchlari vaziri lavozimida Xyon Yon Chxolning o‘rnini egalladi.

Avvalroq KXDR sobiq mudofaa vaziri Xyon Yon Chxol may oyida qatl etilgani haqida xabar berilgan edi. Uning qatliga u mamlakat rahbari Kim Chen In olib borayotgan siyosatni tanqid qilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

Top