Jahon | 09:58 / 13.07.2015
3150
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev: Hindiston global siyosatning asosiy markazlaridan biridir

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning fikricha, Hindiston global siyosiy ta'sirning asosiy markazlaridan biridir. Bu haqda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bergan bayonotida ma'lum qildi.

“Bugun Hindiston global ta'sir markazlaridan biridir. Bizning mintaqa, xususan, Qirg‘iziston uchun u eng muhim hamkorlardan biri hisoblanadi. Va biz Hindiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Shuningdek, Atambayev Hindiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan qo‘shma bayonot ikki tomonning o‘zaro aloqalari istiqbollarini belgilab beruvchi hujjat bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish