Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:21 / 13.07.2015
3676
1 daqiqa o‘qiladi
IShID Malayziya politsiyasi saytiga hujum uyushtirdi
Malayziya politsiyasining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi. Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, saytga IShID terrorchi guruhiga oid ramzlar osib qo‘yilgan, ularning ostida esa “xalifalik qaytib keldi” yozuvi qoldirilgan.
Straits Times nashrining yozishicha, politsiya rasmiylari ayni paytda saytda paydo bo‘ladigan har qanday ma'lumot haqiqatga mos bo‘lmasligini va idora ishiga aloqador emasligini foydalanuvchilarga turli kanallar orqali yetkazishga harakat qilmoqda.