Jamiyat | 12:06 / 13.07.2015
3277
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada yuzga yaqin yigit savdo markazini o‘marmoqchi bo‘ldi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda 100tacha yosh shaxs savdo markazi oldida tunda to‘planib, unga o‘g‘irlikka tushishda va ichkaridagi do‘konlarni vayron qilishga urindi. Ushbu voqea tufayli politsiya navbatchilik o‘rnatib, xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Voqea davomida 7 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Ular orasida voqea joyidan reportaj tayyorlayotgan jurnalistlar ham bo‘lgan.
TASS agentligining ma'lumot berishicha, shaharning bir qancha tumanlarini yuzlab yaxshi qurollangan politsiyachilar nazorat qilmoqda. Ular ichida bir qator mashhur turistik obektlar ham bor. Shaharga kiruvchi mashinalar maxsus postlarda tekshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish