10:50 / 14.07.2015
2815

AQSh Yatsenyuk olib borayotgan islohotlarga ijobiy baho berdi

AQSh prezidenti Barak Obama va uning o‘rinbosari Jo Bayden Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning olib borayotgan islohotlariga ijobiy baho berdi. AQSh rahbarlari unga Rossiyaga qarshi sanksiyalarning davom ettirilishini va'da qildi.
Dushanba kuni Yatsenyuk hukumat delegatsiyasiga rahbar sifatida Vashingtonda bo‘ldi va Ukraina-AQSh investitsion forumida ishtirok etdi. Protokol bo‘yicha Yatsenyuk Jo Bayden bilan suhbat o‘tkazayotganda ularga Barak Obama ham qo‘shildi.
AQSh yetakchilari Ukrainada olib borilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, Minsk kelishuvlari amalga oshgunga qadar Rossiyaga nisbatan cheklovlar saqlanib qolishini ta'kidlab o‘tdilar. Bundan tashqari, Ukrainaning Minsk kelishuvlarini bajarib borayotgani, xususan, markazlashtirishni tugatish bo‘yicha konstitutsion o‘zgarishlar parlament muhokamasiga kiritilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Top