15:32 / 15.07.2015
3026

Qozog‘istonga pedofillarni kiritmaslik taklif qilindi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qozog‘iston hududiga kirishini taqiqlash taklif qilindi. Tashabbus bosh prokuror o‘rinbosari Andrey Kravchenko tomonidan aytib o‘tildi.
“Ikki hafta muqaddam davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra bosh prokuraturada huquq-tartibot organlari muvofiqlashtirish kengashini o‘tkazdik, unda bu masalaga doir barcha narsa muhokama qilindi”, – uning so‘zlarini keltiradi Qozog‘iston telegraf agentligi.
“Birinchidan, biz voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiqlashtirish taklif qilinmoqda, – so‘zida davom etdi Kravchenko. – Ikkinchidan, bunday jinoyatni sodir etganlar jazo muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin ham ularni qat'iy nazorat qilib borish zarur. Uchinchidan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarning mamlakatga kelishini taqiqlash, shuningdek, internet muhitining bunday turdagi axborotdan holiligini ta'minlash zarur”.

Top