18:47 / 15.07.2015
2719

Toshkentda Fransiyaning milliy bayrami nishonlandi

14 iyul kuni Toshkentda Fransiyaning milliy bayrami – Bastiliyaning qulashi kunini nishonlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Turkiston press” agentligi xabar bermoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jan-Anri Els ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar keng miqyos kasb etib borayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Jumladan, u 2014 yil noyabrida imzolangan hukumatlararo kelishuvga ko‘ra 2015 yilning 1 iyunida Toshkent fransuz alyansining ochilishini o‘zaro hamkorlikning muhim sanalaridan biri deb baholadi.
Shuningdek, elchi Fransiya ishbilarmonlari harakati – MEDEF International delegatsiyasining Toshkentga kelgani savdo va iqtisodiyot sohasidagi aloqalarning jonlanishiga sabab bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. U bundan keyin ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘lida ishlashini aytib o‘tdi.

Top