Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:52 / 16.07.2015
1696
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyada toshqin va tornadodan 40 ming kishi aziyat chekdi
Braziliya janubida avj olgan yog‘ingarchilik natijasida kelib chiqqan toshqin va tornado oqibatida 40 ming kishi jabrlandi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Sovuq shamol ayrim hududlarda bo‘ron va tornadoni keltirib chiqardi. Parana shtatidagi Fransisku-Beltran shahrida quyun 11ta uyning butunlay vayron bo‘lishiga olib keldi.
Yetkazilgan zarar 5 mln realdan (1.6 mln dollar) oshiqdir. Ofat bir kishini hayotdan olib ketdi, 19 kishi jarohat oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish