17:13 / 16.07.2015
3501

O‘ttiz yoshli qiz o‘yinchoqlarini deb turmushidan voz kechdi

Nyu-Yorkda yashovchi Eypril Bruker ismli qizning o‘zining 16ta o‘yinchoqini o‘z farzandlari deb hisoblagan va yigitidan to‘ydan so‘ng ular uchun alohida xona ajratishini so‘ragan. Eri «yo meni, yo qo‘g‘irchoqlaringni tanla!» deganida qiz hech ikkilanmay qallig‘i bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan, deb yozmoqda «Oila davrasida» gazetasi.

Shuningdek, hozir yigirma ikki yoshni qarshilayotgan Viktoria Andrevs ismli qizning yuzdan ziyod qo‘g‘irchoq-farzandi bor. U o‘n olti yoshidayoq farzandlarining soni ellik bir nafarga yetgan. Qizig‘i shundaki, u chaqaloq qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarni o‘ziga «farzand» qilib olgan. Uning asosiy vaqti «bolalari»ga qarash bilan o‘tadi.

«Har kuni ularga ertak, she'r, qo‘shiqlar aytib beraman. Ular bilan birga o‘ynayman. Ularni bir zum ko‘rmasam, sog‘inib qolaman», - deydi Viktoria.

Top