Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:10 / 17.07.2015
2892
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistondagi portlash oqibatida 4 politsiyachi halok bo‘ldi
Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 4 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana 3 nafari yaralandi. Bu haqda ToloNews agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, politsiya avtomobili Hirot viloyatida minadan havoga uchgan.
Aprel oyining oxirida Tolibon harakati bahorgi hujum harakatini boshlashini e'lon qilgan edi. Hujum asosan afg‘onistonlik va xorijiy xavfsizlik kuchlariga qarshi karatilgan.